Ekvador, Nigeriya, Ummon va Jazoir vazirlari neft qazib olish darajasini muzlatish haqidagi qarorni qo‘llab-quvvatlashdi, deb ma'lum qildi Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, del Pino neft qazib olish darajasini muzlatishni Iroq va Eron vazirlari bilan 17 fevralda muhokama qilmoqchi.
Rossiya energetika vaziri va OPeK davlatlari vakillari bilan Qatardagi uchrashuvda 2016 yilda neft qazib olish darajasini yanvardagi darajada to‘xtatishga tayyorgarlik haqidagi kelishuvga erishildi.
Avvalroq Iroq va Kuvayt ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari ma'lum qilingandi.