Janubiy Koreya hukumati KXDR bilan fuqaro almashuvini bekor qildi. Bu haqida Birlashuv vazirligi vakili ma'lum qilgan, deb xabar beradi «Renxap».
Hukumatni qo‘shnilar bilan yarimorol bo‘yicha, shu jumladan, chegaradan o‘tish va KXDRga materiallar yetkazish borasidagi 17 ta talabnoma qoniqtirmagan.
“KXDRda yadroviy sinovlar o‘tkazilayotgan va raketalar uchirilishi jiddiy vaziyatni keltirib chiqarayotgan bir paytda, turli muloqot va kooperatsiyalarni hal qilib bo‘lmaydi”, deydi rasmiy Seul.
Qayd etish kerakki, ikki davlat o‘rtasida turli yo‘nalishdagi almashuvlar 2010 yilda to‘xtagan. Bunga KXDR torpedasining janubliklarga tegishli harbiy kemani cho‘ktirib yuborgani sabab bo‘lgan.