Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi reklama roligini chiqardi va unda raqobatchi iOS operatsion tizimini buzilgan royalga o‘xshatdi. Ushbu rolikni Androidֹning YouTube-kanalida ko‘rish mumkin.
Rolik syujyeti bo‘yicha, pianinochi tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan royallarni chala boshlaydi. Royallardan biri oddiy, ikkinchisi esa "nosoz" bo‘lib, uning barcha klavishalari faqat bir notani chiqaradi.
Reklama so‘nggida ekranda "Be together. Not the same" ("Birga bo‘ling, biroq bir xil emas") degan yozuv chiqadi. Shu tariqa Google kompaniyasi Android’ning Apple operatsion tizimi iOS oldidagi afzalligi uning turfa ekanligiga ishora qilmoqda. Android’ning biror versiyasida ishlovchi gadjyetlar interfeysi va funtsiyalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, iOS esa Apple’ning turli qurilmalarida biroz farq qilishi mumkin.
Kompaniya yana bir videoda rolikdagi nosoz royalni yaratish uchun 5 hafta ketganini ma'lum qilgan.