Gollivud IShIDga qarshi tashviqot tadbirlari uchun birlashadi

Jamiyat 19:05 / 17.02.2016 2480

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Gollivudning yetakchi studiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda IShID aksiltashviqoti xususida muhokama qilindi.

Ishtirokchilardan birining aytishicha, uchrashuv 16 fevral kuni Universal Pictures ofisida bo‘lib o‘tgan va 90 daqiqadan ortiq davom etgan.

"Kinokompaniya rahbarlari va davlat departamenti boshlig‘i Gollivud filmlari va teleloyihalar yordamida IShIDga qarshi kurash borasidagi taklif va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishgan", deb ma'lumot beradi Variety nashri.

Jumladan, aksilterror tashviqotini namoyon qiluvchi filmlar, seriallar ustida ishlash uchun Yaqin Sharq kinematograflarini ham jalb etish zarurati bildirildi.

Kerri bilan uchrashuvda Walt Disney, Universal, Warner Bros., 20th Century Fox, Sony Pictures, DreamWorks, Amblin va NBCUniversal kabi kinostudiyalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko‘proq yangiliklar: