Donald Tramp Obamaning "hamlasi"ga javob qaytardi

Jahon 18:20 / 17.02.2016 8204

AQSh prezidentligiga yetakchi nomzodlardan biri bo‘lmish Donald Tramp Barak Obamaning bo‘lajak saylovda tadbirkorga ovoz bermaslik haqidagi chaqiruviga javob berdi.

Donald Trampning aytishicha, Obama prezidentlik davrida tayinli ish ko‘rsatmadi.

“Bizning byudjyet va xarajatlarimizga qarang. Biz IShIDni yenga olmaymiz. Obamacare (ommaviy tibbiyot sug‘urta dasturi) dahshatli ahvolda. Bizning chegaralarimiz xuddi “shveysariya pishlog‘i”ga o‘xshaydi” - dedi Tramp.

16 fevral kuni AQShning prezidenti Obama jurnalistlarga davlatning yangi rahbari Tramp bo‘lmasligiga umid bildirishini aytib o‘tgandi.

“Men Amerika halqiga ishonaman. O‘ylaymanki, ular prezident bo‘lish - mas'uliyatli ish ekanini bilishadi. Bu tok-shou yoki marketing emas. Bu juda mushkul” – deya qayd etgandi Oq uy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlikka saylov 2016 yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Tramp hozirgi kunda saylovchilar orasida mashhur bo‘lib, senatorlar Ted Kruz, Marko Rubio va Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Bushni ham ortda qoldirmoqda.

Obama o‘zidan keyin AQSh prezidenti Tramp bo‘lmasligiga ishonadi

Ko‘proq yangiliklar: