Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasov Yevropa Ligasining 1/16 finalida Istanbulning "Fenerbahche" jamoasiga qarshi kechgan o‘yindan (0:2) keyin mahalliy muxlislarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan maykasini namoyish qilganiga tushuntirish berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘yin yakunlangach, futbolkasini yechib, maydon bo‘ylab yurgan, uning ichki maykasida esa Putin surati bo‘lib, surat ostiga "Eng xushmuomala prezident" yozuvi ham bor edi.
"Bu mening prezidentim. Men prezidentimizni qattiq hurmat qilaman va hamma joyda uni qo‘llab-quvvatlashimni ko‘rsatishga qaror qildim", deya o‘z harakatini izohlagan Tarasov "R-Sport" nashri muxbiriga bergan intervyusida.
"Fenerbahche" muxlislari Istanbulda "Lokomotiv" jamoasi avtobusiga hujum uyushtirdi