Psixologlar bolaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga zamin bo‘luvchi asosiy xarakter ko‘rinishini aniqlashdi. Tadqiqotlar natijasini mualliflar Developmental Psychology jurnalida e'lon qilishgan.
Olimlar kelajakda yutuqlarga erishishning asosiy belgisi sifatida bolaning tabiatidagi qaysarlikni belgilashgan. Bu - bola o‘z fikriga ega bo‘lish va uni boshqarishga urinishganida qarshilik qila olish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi.
O‘z xulosalarini olimlar 1968 yili boshlanib, 745 nafar bola ustida olib borilgan tadqiqotlarida asoslashadi. Kuzatilgan bolalarning o‘rtacha yoshi 12, ulardan yarmi qizlar bo‘lgan. Tadqiqot 2008 yilda yakunlangan.