BAAdagi Ras al-Xaymah ( Ras Al Khaimah) o‘qish zonasida olib borilgan tergov ishlari talaba o‘z o‘qituvchisini boshqa talabalar oldida bir necha bor haqoratlaganini ko‘rsatdi.
Bunday munosabatdan g‘azabga kelgan o‘qituvchi esa talaba tanasining bir necha joyiga suv shlangi bilan urgan. Bu haqda “Emarat al Yum” nashri xabar bergan.
Voqea o‘tgan haftada Ras al-Xaimah o‘rta maktabida sodir bo‘lgan.
O‘quv muassasasining direktori Somaya Harib al-Suaydi (Somaya Harib Al Suwaidi) talaba ham o‘z oyoq kiyimini o‘qituvchisiga uloqtirgani, bunday haqoratdan so‘ng o‘qituvchi g‘azablanib, o‘quvchiga qo‘l ko‘targanini ta'kidlagan.
Bundan tashqari, direktor talaba va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan munozaradan keyin talaba o‘qituvchisini haqoratlagani to‘g‘risida ma'lumot bergan.
Somaya al-Suaydining ta'kidlashicha, 10-sinfda tahsil olayotgan talaba o‘qituvchini haqoratlashda davom etgan, natijada o‘qituvchi unga qo‘l ko‘targan.
Talaba va uning akasi jismoniy zarar yetkazgani uchun o‘qituvchining ustidan arz qilish uchun politsiya mahkamasiga kelishdi.
Politsiya o‘quv muassasasiga keldi va mazkur holat sababini o‘rganishga va'da berdi. Ras al-Xaimahda mazkur voqeani o‘rganish bo‘yicha qo‘mita shakllantirildi va hisobot tayyorlandi.