Apple 10-12 mlrd dollarlik obligatsiya chiqaradi

Fan-texnika 12:11 / 17.02.2016 2063

Apple korporatsiyasi 10-12 mlrd dollarlik obligatsiya chiqarmoqchi, deb xabar bermoqda MarketWatch agentligiga iqtibos keltirgan holda Vestifinance.ru sayti. Bu kompaniyaning 2013 yildan beri beshinchi ko‘p milliardlik obligatsiyalarni chiqarishi bo‘ladi.

Manbalarga ko‘ra, "Apple" obligatsiyalarni 30 yillik muddatda uzish bilan joylashtirishni rejalashtirilmoqda, ularning daromadligi AQSh g‘aznachiligi obligatsiyalarining daromadligidan 2,15 foizga yuqoriroqni tashkil qilishi mumkin. Kompaniya shuningdek 7 yillik "yashil" obligatsiyalar – toza energiyaga investitsiya qilish orqali uziladigan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarmoqchi.

Apple yanvar oxirida 2016 moliyaviy yilning 1-choragida (2015 yilning otkyabr-dekabr oylari) rekord darajada foyda olganini ma'lum qildi. 1-chorakda kompaniya daromadi 75,9 mlrd dollarni, sof foyda esa 18,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning 1-choragida daromad 74,6 mlrd dollarni, sof foyda esa 18 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

Kompaniya 2016 moliyaviy yilning 1-choragida 74,8 mln dona iPhone sotishga muvaffaq bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, undan avvalgi chorakda Tim Kuk kompaniyasi deyarli shuncha, ya'ni 74,5 mln dona iPhone sotgan edi, bu esa kompaniya smartfonlari savdosi o‘zining eng yuqori darajasiga erishgan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Ko‘proq yangiliklar: