Xakasiyada bemor operatsiyadan keyin pivo olib kelish uchun reanimatsiyadan qochib ketdi

Jamiyat 14:28 / 16.02.2016 2211

13 fevral kuni Rossiyaning Xakasiya respublikasida, jarrohlik amaliyotidan endigina chiqqan bemor pivo olib kelish uchun reanimatsiyadan qochib ketdi.

Uning harakati shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi.

Guvohlarning bildirishicha, 13 fevral kuni shahar shifoxonasi ro‘parasida joylashgan «Starik Xottabich» savdo do‘koniga choyshabga o‘ralgan shaxs kirib kelgan. Uning badanida leykoplastir va drenaj naychalari yopishtirilgan holda turgan.

Do‘kon xodimlari unga xizmat ko‘rsatishni istashmagan va politsiyani chaqirishgan.

Rasmlardan ma'lum bo‘lishicha, ko‘p vaqt o‘tmasidan uni shifoxonaga qaytarishgan.

Qayd etilishicha, bu kunda Sayangorskda havo harorati -16 darajagacha tushgandi.

Ko‘proq yangiliklar: