Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin 16 fevral ertalabki payt prezident Pyotr Poroshenkoga iste'foga chiqishga ariza topshirdi. Bu haqda LB.ua nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Poroshenko Shokin bilan undan bosh prokuraturadan ketishini so‘rash uchun uchrashgan.
"Men bugun ertalab bosh prokuror bilan uchrashdim va suhbatlashdim. Men Viktor Nikolayevichga iste'foga ketishga ariza yozishi taklifi bilan murojaat qildim. Viktor Shokin Ukraina bosh prokuraturasi o‘nlab yillar qarshilik qilgan islohotlarni tatbiq qildi: prokuraturani umumiy nazoratdan mahrum qilish, Milliy aksilkorruptsion byuro va Davlat tergov byurosini yaratish va shunga o‘xshash ishlar. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bosh prokuratura jamiyatning ishonchini oqlay olmadi. Va aynan shuning uchun kun tartibida bosh prokurorning iste'foga ketishi masalasi turibdi", deb aytdi Poroshenko o‘zining millatga murojaatida.
Avvalroq AQSh Ukraina prezidentiga yoki 1 mlrd dollar olish, yoki Shokinni qoldirish bilan ultimatum qo‘ygani ma'lum qilingandi.