Toshkentdagi avtobuslarda Wi-Fi ulashish vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat 14:48 / 16.02.2016 4297

Toshkent shahridagi jamoat transportlarini routerlar bilan jihozlash bo‘yicha loyiha mualliflari — Evo hamda "Toshshahartransxizmat” kompaniyalari rahbarlari dastlabki sinov bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani sabab, ikkinchi sinov bosqichi davomida routerlar avtobuslardan olib tashlanishi haqida xabar qilishdi. Bu haqda Evo operatori rasmiy saytida ta'kidlangan.

"Sinovning ikkinchi bosqichida avtobuslarda bepul internet — Wi-Fi ishlamaydi", deyiladi xabarda.

Bepul Wi-Figa ega ilk avtobuslar Toshkentda fevral oyi boshida paydo bo‘lgan edi. Mutaxassislar sinovning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ta'kidlashmoqda.

Sinovning yakuniy bosqichi mart oyi oxirigacha o‘tkazilishi kutilmoqda.

2016 yil yakuniga qadar Toshkentdagi barcha avtobuslar routerlar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Internet 4G LTE texnologiyasi yordamida ulashilmoqda. Yo‘lovchilarning fikrlariga ko‘ra, Wi-Fi tezligi shikoyatga o‘rin qoldirmaydi. Tarmoqqa ulanish uchun parol so‘ralmaydi.

Toshkent avtobuslarida yo‘lga qo‘yilgan Wi-Fi internet tezligi mobil operatorlarnikidan qolishmayapti

Ko‘proq yangiliklar: