Singapurda Singapore Air Show 2016 aviasaloni ochilmoqda. Ko‘rgazmaning tashkiliy qo‘mitasida TASS axborot agentligiga ma'lum qilinganidek, ko‘rgazmada 50 ta davlatdan mingdan ziyodroq kompaniya ishtirok etadi. Ko‘rgazma har ikki yilda o‘tkaziladi.
"Singapore Air Show 2016 aviasalonida mingdan ko‘proq kompaniya ishtirok etmoqda. Bu yili alohida maqomni Fransiya oldi, bu davlatdan ko‘rgazmada 42 kompaniya ishtirok etadi. AQSh eng katta milliy pavilonni yoydi, unda 116 ta kompaniya taqdim qilinadi. Singapurdan 104 ta kompaniya, Buyuk Britaniyadan 22 ta, Yaponiyadan 19 ta, Avstraliyadan 16 ta, Germaniyadan 16 ta, Xitoydan 10 ta, Shveytsariyadan 7 ta, Malayziyadan 6 ta va Rossiyadan 3 ta kompaniya ishtirok etmoqda", deb aytdilar ko‘rgazma tashkilotchilari.
Tashkilotchilar ko‘rgazmada tuziladigan shartnomalarning qiymati ikki yil avvalgidan ko‘proqni tashkil qilishini kutmoqdalar. 2014 yilda ko‘rgazmada 32 mlrd dollarlik shartnomalar tuzilgan, bu esa Singapore Air Show 2012 ko‘rgazmasidagidan 3 foizni ko‘proqni tashkil qilgandi.