"Oltin to‘p" mukofoti sohiblaridan hisoblanadigan sobiq futbolchi Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiylari shtabidan o‘rin oldi. Bu haqda UFF rasmiy sayti ma'lum qilgan.
"Milan" va "Chelsi" jamolarida yorqin o‘yinlari orqali tanilgan va faoliyatini Kiyevning "Dinamo" jamoasida yakunlagan Shevchenko mamlakatning bosh jamoasini boshqarishda Mixail Fomenkoga yordam beradi.
39 yoshli bu sobiq futbolchi Ukraina terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan (48ta gol) futbolchi sanaladi. U bilan birgalikda terma jamoa murabbiylari shtabida Vladimir Onishchenko, Yuriy Sivuxa va Vitaliy Shpanyuk bilan birga ishlaydi.
Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlaydi