Sayohatchilar o‘zlari bilan olib o‘tadigan eng g‘aroyib “narsalar” ro‘yxati e'lon qilindi

Jamiyat 15:54 / 16.02.2016 4984

MyOffers sayti sayohatchilar yuk xalta yoki qo‘l sumkalarida olib o‘tishga urinadigan g‘alati va hatto, xavfli buyumlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Jumladan, bunday g‘aroyibotlar sirasiga yumshoq o‘yinchoqlar orasida Bangkokdan Eronga olib o‘tilmoqchi bo‘lgan ikki oylik sher bolasi, Taylanddan Los-Anjyelosga olib o‘tilgan to‘rt qush, kamyob turli 50 orxideya gullari va bir necha mitti maymunlarni kiritish mumkin.

Kongoda qo‘l sumkasida samolyot bortiga olib kirilgan timsoh sumkadan chiqib ketib, yo‘lovchilarni qo‘rqitib yuborgan. Yirtqich xayvondan qochib odamlar samolyotning burun qismiga yig‘ilib olishgan. Bortdagi og‘irlikning noto‘g‘ri joylashuvidan uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada havo mashinasi qulab, 20 kishi halok bo‘lgan, faqat bir yo‘lovchigina omon qolgan.

2013 yili bir erkak AQSh chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni chemodanda olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Bu reytingda, shuningdek, raketa qismlari, itning qafasidagi ot va hatto, inson tanasining boshi ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: