Rossiya Misrda halokatga uchragan A321 qulashida «Turkiyaning qo‘li» bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi dalillarni ko‘rmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy FXXga (Federal xavfsizlik xizmati) vakiligi tayanib xabar tarqatdi.
«Bu yerda Turkiyaning qo‘li borligiga dalilni ko‘rmadik. Tergov ishlari esa davom etmoqda», — deydi FXX xodimi.
Bundan oldinroq mazkur layner halokatini Turkiyaning «Kulrang bo‘rilar» terrorchilik guruhi amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 31 oktabrida A321 samolyoti bortiga qo‘yilgan bomba tufayli Sinay yarimorolida halokatga uchragan edi. Amalga oshirilgan terakt 224 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ushbu hodisadan keyin o‘z fuqarolarining xavfsizligidan xavotir olgan Rossiya hukumati Misr bilan aviaparvozlarni to‘xtatishga qaror qildi.