Qirg‘izistonning O‘zbekiston chegarasiga yaqin hududida zilzila qayd etildi

Jahon 08:08 / 16.02.2016 7418

Mutaxassislar Qirg‘izistonda navbatdagi yer osti silkinishlarini qayd etishdi. Bu haqda qo‘shni Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligining metodologik-tajribaviy seysmologik markazi saytida ma'lum qilingan.

16 fevral kuniga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Olmaota shahridan 448 km janubi-g‘arbdagi nuqtada, Qirg‘iziston hududidagi Kala aholi turar joyi yaqinida zilzila sodir bo‘lgan. Toshko‘mir va Manduz punktlari oralig‘idagi, O‘zbekiston chegarasidan uzoq bo‘lmagan bu hududdagi zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgandi.

Bu zilzila keltirgan talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: