Qashqadaryo viloyatida tashqi savdo aylanmasi 901,2 million AQSh dollarga yetdi

Iqtisodiyot 12:31 / 16.02.2016 2963

Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy saytida berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 2015 yildagi tashqi savdo aylanmasi 901,2 million AQSh dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilda 600,14 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2014 yilga nisbatan 2015 yilda 301,59 million AQSh dollarga yoki 50,2 foizga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport tovarlar hajmi 240,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Mazkur natijalarga erishishda, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” va “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonalari, “Sho‘rtan” gaz kimyo majmuasi, “Sho‘rtanneftegaz” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan import tovarlarni olib kelishda hamda “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi, “Sho'rtan Gaz Mahsulot” qo‘shma korxonasi, “Cotton Road” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona, “Oq saroy textile” va “Murodali Farm Tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan eksport tovarlarni rasmiylashtirishda muhim o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: