Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining qo‘shma qarori bilan jismoniy yoki ruhiy nuqsonlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni maxsus o‘quv muassasalaridan Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining muassasalariga o‘tkazish bo‘yicha qaror tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsonlari bor bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga o‘tkazish maktab internatning pedagogik kengashi qarori asosida ota-ona yoki bepul asosda ularning o‘rnini bosuvchi kishilarning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatda o‘quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga, maktab-internatdan “Muruvvat” internat uylariga o‘tkazish tartiblari belgilangan.