Ko‘chada "StopXam" ko‘ngillisi bilan mushtlashgan rossiyalik olimpiada chempioni soatini sindirib oldi

Jamiyat 14:03 / 16.02.2016 6489

Rossiyalik sportchi, olimpiada chempioni Aleksey Nemov ko‘chada yuzaga kelgan janjal tufayli soatini sindirib qo‘ygan.

Voqea Moskva shahri markazida sodir bo‘lgan. Sportchi mashinalar to‘xtash joyida uning avtomobiliga nakleyka yopishtirgan yigitga (Shaharda jamoat tartiblariga rioya etishga chaqiruvchi "StopXam" guruhi ko‘ngillisi - tahririyat) musht tushirgan va janjal yuzaga kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, sportchi avtomobilini noto‘g‘ri joyga qo‘ygani uchun to‘xtash joyi xodimi uning mashinasiga ogohlantiruvchi nakleyka yopishtirgan bo‘lgan. Xuddi shunday vaziyat Nemov bilan ikkinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: