Fyuri va Klichko o‘rtasida bo‘lajak jangning joyi va moliyaviy tomonlari muhokama qilinmoqda

Sport 16:40 / 16.02.2016 2922

Britaniyalik bokschi Tayson Fyurining bobosi va murabbiyi Piter Fyuri Vladimir Klichkoga qarshi revansh uchrashuvini Tayson rad etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Uning fikricha WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha chempionning navbatdagi raqibi Vladimir Klichko bo‘lishiga ishonchi komil.

«Mik Xennessi va men bu jangning tashkillashtirilishini tezlashtirishga harakat qilmoqdamiz. Hozirda biz jangning qayerda o‘tishi va moliyaviy masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz», - deya Piter Fyuridan iqtibos keltiradi BoxingScene.com.

Oldinroq Fyuri Klichkoga qarshi jang o‘tkazishdan bosh tortsa, 10 million dollar miqdorida jarima to‘lashi mumkinligi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: