AQSh Asad qo‘shinlari va Rossiyani Suriyada shifoxonalarga zarba berishdi aybladi

Jahon 07:53 / 16.02.2016 3095

AQSh Halab atrofi va ichi bo‘yicha aviazarbalar berilishi, jumladan "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti shifoxonasi va Suriya shimolidagi bolalar shifoxonasining o‘qqa tutilishini qoraladi va barcha tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining bayonotida aytilmoqda.    

"Bu Rossiyaning tayyorligini va uning Asad tuzumining o‘z xalqiga nisbatan zulmini to‘xtatishga yordam berish imkoniyatini shubha ostiga qo‘yadi", deyilmoqda xabarda.  

AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi "hujumlarni Asad va uning tarafdorlari hech qanday maqsadsiz va xalqaro majburiyatlarni hisobga olmagan holda amalga oshirmoqda" deb aytdi. Bunday harakatlar Myunxen kelishuvlariga qarshi bormoqda, deb aytdi Kirbi.

"Biz yana bir bor barcha tomonlarni fuqarolarga hujum qilishni to‘xtatishga, insonparvarlik ko‘magini olishni ta'minlash bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishga va jangovor harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz, Suriya bunga juda muhtoj", deb aytilmoqda bayonotda.

"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti ko‘mak ko‘rsatadigan shifoxonaning o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida shifoxonaga zarbalar AQSh samolyotlari tomonidan berilganini aytdi.

Rossiya Suriyada faqatgina tinch aholi bo‘lmagan obektlarga zarba berishini ta'kidlab kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: