Apple iOS-qurilmalarda sananing o‘zgarib qolishi bilan bog‘liq xatoni to‘g‘rilashga va'da berdi

Fan-texnika 08:48 / 16.02.2016 1853

Apple kompaniyasi o‘zining texnik ko‘mak ko‘rsatish sahifasida iOS-qurilmalarda sananing 1970 yil may yoki undan ham ertaroq sanaga o‘zgarib qolishi nosozlikka olib kelishini rasman tan oldi.

Kompaniya bergan xabarda, shuningdek, muammo kelgusi yangilanmada tuzatilishi aytildi. Agar qurilma bu muammo sabab shikastlangan bo‘lsa, Apple o‘zining texnik ko‘mak ko‘rsatish xizmatiga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

Qurilmani nosoz holatga keltiruvchi muammo internetda 11 fevraldan faol gapirila boshlandi. Bu xato aniqlangandan keyin foydalanuvchilar nosozlikni qurilmaning maxfiy funksiyalariga kirish uchun kalit deb o‘ylashgan. Shu tariqa, ba'zi ishonuvchan foydalanuvchilar o‘zlari qurilmani nosoz holatga keltirishgan, smartfonni uy sharoitida ishchi holatga keltirishning esa deyarli hech qanday iloji bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: