Amaldagi Bojxona kodeksi 21 aprelda o‘z kuchini yo‘qotadi

O‘zbekiston 15:31 / 16.02.2016 6597

2016 yil yil 20 yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Bojxona kodeksi hamda “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunlar joriy yilning 21 aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu haqida Davlat bojxonasi qo‘mitasi tomonidan MMMda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining yangi tahriri joriy yilning 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Resbublikasi Qonuni bilan tasdiqlandi va u 21 apreldan boshlab kuchga kiradi.

Matbuot anjumanida yangi kodeks va undagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati haqida axborot berildi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 12 ta bo‘lim, 59 ta bob va 412 moddadan iborat tashkil topgan bo‘lib, unda bojxona faoliyatiga oid 31 ta tushuncha aniq ifodalab berilgan.

O‘zgarishlarning barchasi bojxona rasmiylashtiruvini yanada soddalashtirish va muddatini qisqartirish, iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ishini yengillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi chegarasi orqali harakatlanayotgan tovarlarni samarali bojxona nazoratidan o‘tkazishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: