Abramovich Londondagi hashamatli uyida 28 million yevrolik basseyn qurdiradi

Jahon 15:21 / 16.02.2016 4978

The Times xabariga binoan rossiyalik millioner Roman Abramovich o‘zining Londondagi dang‘illama imoratida qiymati 28 million deb baholanayotgan basseynli yer osti kompleksini rejalashtiryapti. Uyning o‘zini esa 125 million yevro deb baholashgan.

Londonning g‘arbida joylashgan bu “qasr” XIX asr inshootlaridan. Abramovich uni 2009 yili sotib olgan. Unda 15 ta yotoqxona va katta bog‘ bor. Qurilajak yer osti inshooti uyning bahosini yana 20 foizga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: