Yaponiyada yakudzaning 4 a'zosi 100 kg psixotrop moddalar saqlaganlikda ayblanib qo‘lga olindi

Jamiyat 14:13 / 12.02.2016 1658

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasi politsiyasi “Kobe Yamaguchi-gumi” yakudza guruhining 4 nafar a'zosini 100 kg psixotrop modda saqlaganlikda ayblab qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar bermoqda.

Aytilishicha, psixotrop moddalar mafiyachilarga tegishli mashinalardan biridan topilgan. Mashina, o‘z navbatida, 10 fevral kuni parom ichida viloyat markazi Kagosima shahriga olib kelingan. Politsiya taqiqlangan moddalarning bir qismi dengizda dilerga Yaponiyada sotish uchun berib yuborilganini taxmin qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: