Turkiyada jurnalist qiz prezidentni haqorat qilganlikda ayblandi

Jahon 15:10 / 12.02.2016 4752

Turkiya sudi 24 yoshli jurnalist Hilol Kalofatni mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilishda aybdor deb topdi. Doğan agentligining ma'lum qilishicha, qiz 28 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm 5 yilga kechiktirilgan.

Afyonqorahisor shahridagi radioda ishlovchi qiz 2015 yil 20 martida Facebook’dagi sahifasida chop etgan bir qancha xabarlarda, prokuraturaning fikricha, prezidentga nisbatan haqorat so‘zlarini ishlatgan. Bir muddatdan so‘ng xabarlar o‘chirilgan, lekin foydalanuvchilardan biri nusxa ko‘chirishga ulgurgan.

Sudda jurnalist qiz pushaymonligini ta'kidlab, bu ishni qasddan qilmaganini aytgan. Shuni inobatga olgan holda sud jazo muddatini kechiktirish haqida qabul qilgan. Ya'ni, besh yil davomida Kalofat bu ishni yana takrorlasa, qamaladi.

Ko‘proq yangiliklar: