Shveytsariyada voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanib qamalgan, asli suriyalik bo‘lgan Hasan Kiko qamoqxona qorovuli xodimasi Angela Magdichi bilan birga qochib ketdi. Bu haqda The Sun nashri yozmoqda.
Politsiyaning taxmin qilishicha, 32 yoshli Magdichi 27 yoshli Kikoni sevib qolgan va shu hafta boshida uning qochib ketishiga ko‘maklashgan. Magdichi hamkasblarini ogohlantirmasdan uyiga ketishi mumkin bo‘lgan tungi paytda ikkalasi ham qamoqxona hududidan chiqib ketishgan. Ular allaqachon mamlakatni tark etgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.