Olimlar bakteriyalarga qarshi sovundan har kuni foydalanish gormonal muvozanatning buzilishiga olib kelishini aytmoqda.
Mutaxassislar ma'lumotiga ko‘ra, bakteriyalarga qarshi sovunda triklozan va triklokarban singari zararli moddalar mavjud. Bunday sovun gormonal muvozanatni buzibgina qolmasdan, zararli bakteriyalarning dorilar ta'siriga chidamliroq bo‘lishiga yordam berar ekan. Shu bois, mutaxassislar bakteriyalarga qarshi tabiiy mahsulotlardan foydalanish kerakligini tavsiya qilishgan.
Manba: “7X7”