O‘zbekiston davlat raqobat qo‘mitasi konsert tadbirlari tashkil qiluvchi ovqatlanish muassasalari egalariga iste'molchilar huquqlarini buzish uchun javobgarlik borasidagi ogohlantirish xatlarini yo‘lladi.
Maktubda aytilishicha, OAV va internetdagi reklama monitoringi natijasida bunday muassasalarda o‘tkaziladigan konsert dasturlarida fonogrammadan foydalanilishi haqida oldindan ogohlantirilmasligi aniqlangan. Bundan tashqari, “O‘zbeknavo” EBning ma'lumotlariga qaraganda, muassasalarning ancha qismi tegishli litsenziya va ruxsatnomasiz tadbirlar o‘tkazadi.
Bir qator holatlarda esa va'da qilingan artist tadbirda ishtirok etmasligi aniqlangan. Bu normalarning buzilishi uchun jarima choralari ko‘riladi, deyiladi xat yakunida.