Fransiyada tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning iste'fosi rasman qayd etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Fransiyaning sobiq bosh vaziri Jan-Mark Ero yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Fabiusning nomzodini mamlakat Konstitutsion kengashi rahbari lavozimiga taklif qilgani ma'lum qilingandi.
Vazirlar Mahkamasidagi o‘zgarishlar bosh vazir Manuel Vals va iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makronga taalluqli bo‘lmadi.