"Boko Haram" tomonidan terakt amalga oshirishga yuborilgan qiz hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi

Jahon 08:40 / 12.02.2016 5154

"Boko Haram" terrorchilik guruhi jangarilari terakt amalga oshirish uchun yuborgan o‘smir qiz o‘zini portlatmaslikka qaror qildi va hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Mahalliy o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari vakillarining aytishicha, jangarilar qizga o‘zini odamlar bilan gavjum joyda portlatish haqida ko‘rsatma berishgan. Biroq qo‘rqib ketgan qiz o‘zidagi portlovchi modda bo‘lgan kamarni yechib, ko‘ngilli askarlarga taslim bo‘lgan. Keyinroq qiz askarlarga tashlab yuborgan portlovchi moddani ko‘rsatgan.

Ma'lum qilinishicha, qiz terrorchilik guruhi tomonidan rejalashtirilayotgan yangi teraktlar haqida ma'lumot bergan. Jumladan, qiz uni yana ikki qiz bilan o‘limga yuborishganini aytgan. Boshqa ikki qiz o‘zini portlatishi oqibatida 60 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: