Zararli illatlar-umr zavoli

Jamiyat 14:35 / 11.02.2016 8778

Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash va ichkilikbozlikning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar giyohvandlikning inson salomatligiga salbiy ta'siri hamda jamiyatga keltiradigan zarari, shuningdek, turli jinoyatlarga yo‘l ochishi mumkinligini jonli misollar orqali tushuntirib berishdi.

“Giyohvandlik nihoyatda qiyin davolanadigan kasalliklar turiga kiradi. Uni iste'mol qiluvchi shaxsning ishlash qobiliyati yo‘qoladi. Ijtimoiy jihatdan foydali ishlarni bajarolmaydi, ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, pul va molga hirs qo‘yish illati vujudga keladi. Agar undan farzand tug‘ilsa, go‘dak ham ko‘p kamchiligu nuqsonli bo‘ladi”, deyildi anjumanda.

Tadbirda talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: