Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu 15 fevralda Ukrainaga rasmiy safar bilan keladi, deb xabar bermoqda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"Dushanba kuni men Turkiya bosh vazirini kutib olaman", deb aytdi Yatsenyuk.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Ukraina Turkiyani Qrim bo‘yicha muzokaralarga taklif qilishni istayotganini ma'lum qilgandi.