Tramp Meksika bilan devor qurilishini 8 mlrd dollarga baholadi

Jahon 07:50 / 11.02.2016 3042

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp u tomonidan taklif qilingan Meksika bilan chegarada devor qurilishi 8 mlrd dollarga aylanishini aytdi, deb xabar bermoqda The Hill nashri.

"Devor ehtimol 8 mlrd dollarga aylanadi – bu biz Meksika tufayli yo‘qotayotgan pulning katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Biz savdo defitsitida katta mablag‘lar yo‘qotmoqdamiz", deb aytdi Tramp.

Milliarderning hisob-kitoblariga ko‘ra, devor uzunligi 1600 km ga, balandligi esa 10-12 metrga yetishi kerak.

Avvalroq Tramp chegarada devor qurish maqsadida meksikaliklarga viza yig‘imlarini oshirishni taklif qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: