Sport.es: «Manchester Siti» rahbariyati Buskets bilan aloqaga chiqdi

Sport 22:04 / 11.02.2016 2656

«Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» rahbariyati bu futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ular futbolchining agentlariga «Siti» eshiklari Buskets uchun hamish ochiqligini» bildirishgan. Shuningdek, Buskets uchun eng yaxshi joy Manchester ekanini qistirib o‘tishgan.

O‘z navbatida, Buskets «Barselona» o‘z va'dasini bajargan holda yaxshiroq sharoitlar ko‘zda tutilgan yangi shartnoma taklif qilishini kutmoqda.

Qayd etilishicha, mavsum yakunida manchesterliklar bosh murabbiyiga aylanadigan Xosep Gvardiola o‘zi bir necha yil oldin ishlagan «Barselona»dan sobiq shogirdlarini "avrab Angliyaga olib o‘tishni" rejalashtirmagan.

Bundan oldinroq, Buskets o‘zini «Barselona»dan ketishga faqat rafiqasi va Xosep Gvardiola ko‘ndira olishi haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: