Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya texnoparki yopildi

Jahon 23:49 / 11.02.2016 3497

Shimoliy Koreyada chegara yaqinidagi Keson shahrida Janubiy Koreya texnoparki yopildi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, texkoparkning barcha xodimlari olib chiqib ketilgan. Ta'kidlanishicha, qo‘shma sanoat hududida qolgan Janubiy Koreya fuqarolari Shimoliy Koreyani tark etishgan.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya korxonaning Janubiy Koreya kompaniyalariga tegishli bo‘lgan barcha qurilmalari, materiallari va mahsulotini to‘liq muzlatib qo‘yadi.

Vazirlik vakilining aytishicha, Janubiy Koreya korxonalarining ishi Shimoliy Koreyaning harbiy salohiyatini rivojlantirishda ishlatilmasligi kerak. Bu chora Shimoliy Koreya uchun juda keskin choradir, chunki Kesondagi faoliyat Pxenyan uchun valyuta manbai va Janubiy Koreya bilan deyarli yagona qo‘shma loyihasi bo‘lgan.

Avvalroq Seulda Shimoliy Koreya raketa uchirgandan keyin Keson sanoat hududida faoliyatni to‘liq to‘xtatish haqida qaror qabul qilingani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: