Seat 1 l hajmli motorga ega krossover taqdim qildi

Fan-texnika 15:35 / 11.02.2016 3247

Seat kompaniyasi Ateca krossoverini taqdim qildi. Model o‘tgan yilgi Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan 20V20 prototipi uslubida ishlangan bo‘lib, Ispaniyaning Saragosa viloyatidagi aholijoy nomi bilan ataldi.

Yangi model VolksWagen’ning MQB platformasiga qurilgan. Seat Ateca’ning asosiy varianti 1 l li 3 silindrli 116 ot kuchiga ega turboagregat bilan ta'minlanadi. Old uzatmali avtomobil motori 6 bosqichli mexanik o‘tkazmalar qutisi bilan harakatga keltiriladi.

Bundan tashqari, dvigatellar gammasiga 1.4 l li 4 silindrli benzinli 150 kuchli motor kirib, u kichik yuklamada silindrlarining yarmini o‘chirib qo‘yish funksiyasiga ega bo‘ladi; yana bir qurilma – 1.6 l li 116, 150 va 190 kuchli dizel. Muqobil sifatida ikki muftali 7 diapazonli robot transmissiya taklif etiladi.

Seat Ateca shu yil martida Jyeneva avtosalonida namoyish etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: