Saudiya Arabistonining Jizan shahrida yashovchi o‘qituvchi Ta'lim departamentining mahalliy bo‘limiga kelgan va o‘z hamkasblariga qarata kutilmaganda o‘t ochgan. Bu haqida BBC News xabar bermoqda.
Qurolli xujum chog‘ida 6 nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan va ikki nafari yaralangan. Qirollikning Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Mansura Turkiyning xabariga ko‘ra, unga terakt qilishga urinish ayblovi qo‘yilmagan va uning harakati maishiy jinoyat sifatida baholanmoqda. Xujumning sabab va omillari haqida rasmiy axborot tarqatilmadi.