Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Rossiya Suriyadagi harakatlari uchun o‘zini oqlashga majbur emas, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz qilayotgan ishimiz uchun o‘zimizni oqlash niyatimiz yo‘q. Biz juda oshkora harakat qilmoqdamiz. Bizning mudofaa vazirligimiz har kuni matbuot anjumanlar o‘tkazmoqda, biz u yerda Suriya hukumatining taklifi bilan qonuniy harakat qilmoqdamiz", deb aytdi Churkin.
Churkin Suriya bo‘yicha muzokaralarda Rossiya Suriya muxolifati kengroq bo‘lishiga umid bildirishini qo‘shimcha qildi.
"Bizning fikrimizcha, umid qilamanki, 25 fevralda qayta boshlanadigan muzokaralarga tayyorlanmoqdamiz, qo‘shimcha ishlar Suriya muholifati kengroq bo‘lishi bo‘yicha qilinishi kerak. Muzokaralarda to‘liq delegatsiyani taqdim qila olmagan nafaqat Ar-Riyod odamlari, balki boshqalar ham bo‘lishi kerak", deb aytdi Churkin.
Bundan tashqari, Churkin Rossiya AQSh bilan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qildi.
Avvalroq Churkin Suriya bo‘yicha muzokaralarning barbod bo‘lishida Rossiyaga qo‘yilgan ayblovlarni "xunuk ish" deb atagandi.
"Bu xunuk ish. Hozir o‘zaro ayblovlar bildirish vaqti emas. Birgalikdagi siyosiy sa'y-harakatlarni faollashtirish kerak", deb aytgandi Churkin.
Churkin bunda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlarni ayblash kerakligini aytgan.