Qozog‘istonda 6 yoshli bola qo‘lidagi lazerli yoritgich portlab ketdi

Jamiyat 17:06 / 11.02.2016 5000

Qozog‘istonning Rudniy shahrida istiqomat qiluvchi olti yashar bolakayning qo‘lidagi lazerli yoritgich portlab ketdi. Bu haqda «Interfaks» Qustanay viloyati ichki ishlar boshqarmasiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, ona o‘z o‘g‘liga 5-6 santimetr uzunlikdagi lazerli yoritgich qurilmasi sotib olib bergan. Bolakay uni nam qo‘llari bilan ushlagan paytda u portlab ketgan. Portlash natijasida bolaning qo‘li kuygan.

«Bu o‘rinda kriminal asos yo‘q. Chunki ona o‘z o‘g‘liga o‘yinchoq sovg‘a qilgan. Politsiya ularga sudga murojaat qilishni maslahat bermoqda», — deyiladi mahalliy IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda lazerli yoritgichlarning respublika hududida chetdan olib kirilishi va sotilishi taqiqlangandi. Qarorga ko‘ra lazerli ko‘rsatkichlar odamga va havo kemalariga qaratish zararli sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: