«PSJ» Loran Blan bilan shartnomani uzaytiradi

Sport 15:49 / 11.02.2016 1647

«PSJ» jamoasi bosh murabbiy Loran Blan bilan yangi bitim imzoladi.

Parijliklar rahbariyati 50 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni 2018 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirishga kelishib olgan. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Bungacha amalda bo‘lgan shartnoma 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Ma'lumot uchun, Loran Blan 2013 yilda jamoa boshqaruviga kelgandi. Uning rahbarligidagi jamoa Fransiya chempionatida 2 marta g‘olib chiqdi, 2 marta Fransiya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi va bir marta Fransiya kubogiga ega bo‘ldi.

Joriy mavsumda jamoa 25 tur o‘yinlaridan keyin ikkinchi o‘rindagi «Monako»ni 24 ochkoga ortda qoldirgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: