“Kamolot”da bir kun” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchilari ishtirokida tashkil etildi.
Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining faoliyati yuzasidan 2015 yil davomida qilingan ishlari va 2016 yilga rejalashtirilgan ishlari bo‘yicha ma'lumotlar keltirib o‘tildi. Tadbirning ochilish qismi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi hamda “Kamolot” YoIH Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisining kirish so‘zlari bilan boshlandi.
“Kamalak”, “Kamolot” sardorlari tabrigi, harakatning Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi haqidagi “Kamolot”da bir kun” nomli videofilm namoyishi, “Omadli mehmon” yutuqli o‘yini, tumandagi 248-umumta'lim hamda 14-sonli musiqaga ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil oluvchi kichkintoylarning ajoyib kuy-qo‘shiq va raqslari tadbirda jam bo‘lganlarga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, 2015 yilgi qo‘shig‘ida “Eng yaxshi matn muallifi”, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Darvishev Xushnudbekning fikrlari va ijodi barchani ruhlantirdi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tadbir davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar ijtimoiy hizmatlari” markazi o‘quvchilari hamda “Barkamol avlod” yoshlar ijodiyoti markazi o‘quvchilari tomonidan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shu bilan birgalikda, san'atning tasviriy san'at yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining ijodiy ishlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Binoning foyesida tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar va ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashish maqsadida, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari hamda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining iste'dodli o‘quvchilari tomonidan yig‘ilganlar e'tiboriga o‘zbek va jahon musiqa asarlari namunalari havola qilindi.
Tadbir yakunida faol va iqtidorli yoshlar harakatning tuman Kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.