Pol Makkartni Skype uchun maxsus audiomodzi yozdi

Jamiyat 21:55 / 11.02.2016 3172

Afsonaviy The Beatles guruhining a'zosi ser Pol Makkartni Skype bilan hamkorlikda qisqa metrajli kliplar uchun “modzi” kuylar yozdi va bu jarayon haqidagi videoni YouTube`dagi kanaliga joyladi.

Skype xizmati yaqinda shu kabi o‘z modzilarini foydalanishga qo‘ygandi. Makkartnining “sovg‘asi” esa bu loyihaning yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Makkartni modzilar uchun bir necha kuy va ovozlar yozgan bo‘lsa, Skype`ning dizaynerlar jamoasi ularga mos suratlar chizishgan. Modzilar soni 10 ta. Ulardan iOS, Android va Windows platformasiga ega barcha ilovalarda foydalanish mumkin.

Darvoqe, modzilar haqida. Modzi (ingl. mojis) – bu smaylik, stiker va emodzilarning aralash varianti bo‘lib, uni Skype`dagi muloqot chog‘ida foydalanish mumkin. Mazkur qisqa hajmli animatsion klipni do‘stlaringizga ham yuborishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: