O‘zbekistonning charm-poyabzal tarmog‘i 2016 yilda yiliga 48,7 mln kvadrat detsimetr charm ishlab chiqaruvchi ikkita ko‘nchilik korxonasi bilan to‘ldiriladi. "Angren" maxsus industrial hududida yaratiladigan bu ishlab chiqarishlarga kiritiladigan investitsiyalar 2,1 mln dollarni tashkil qiladi.
Mart oyida ishga tushiriladigan bu korxonalar evaziga "O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasining charm ishlab chiqarishi hajmi 10 foizga oshadi.
Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 12 mln dona charm mahsuloti, jumladan 8 mln dona mayda va 4 mln dona yirik shoxli chorva terisi tayyorlanadi.
Uyushmaga kiruvchi 26 ta terini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan har yili 500 mln kvadrat detsimetr charm mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Rasmiy prognozga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilgacha charm ishlab chiqarishi hajmi 581,9 kvadrat detsimetrgacha yetadi.