O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2016 yilda 17,2 mingta «Matiz» avtomobillarini Rossiya Federatsiyasida sertifikatlash talablaridan o‘tkazish uchun yubormoqchi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, injiniring xizmatlari Koreyaning «GM Korea» kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladi.
2016 yilda O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari 7 mln dollarlik investitsiyaning 2,24 mln dollarlik qismini o‘zlashtirishi rejalashtirilgan.
«O‘zvatosanoat» AK ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda «Matiz» modelidagi avtomobillar ishlab chiqrilishi boshlanganining 15 yilligi nishonlanadi. 2003 yilda «Matiz» Rossiya bozorida yil avtomobili sifatida tan olingandi.
2004 yilning dekabrida modellar qatoriga «Matiz Best» modifikatsiyasi qo‘shildi. 1 l hajmli dvigatelning tejamkorligi tufayli bu avtomobil bor-yo‘g‘i bir litr yonilg‘i bilan 22,2 km masofani bosib o‘tishga qodir.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda 7482,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va bu 2014 yil natijalariga nisbatan 82,1 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.