O‘zbekiston delegatsiyasining Avstriyaga 2016 yil 24-27 yanvardagi safari doirasida O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Avstriyaning Atrof-muhit qo‘mitasi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzolandi.
Hujjat tomonlarning ilg‘or texnologiyalar va tajribalar bilan almashish, xodimlar salohiyatini oshirish, tabiatni muhofaza qilish me'yorlari va standartlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorligini nazarda tutadi.
Ushbu tashrifning yana bir ahamiyatga ega natijalaridan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Avstriyaning Eco World Styria Umwelttechnik Cluster GmbH klasteri bilan Hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi bo‘ldi.
Memorandumga ko‘ra chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha loyihalar va dasturlar, tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, oqova suvlarni tozalash, muqobil energetikaning yangi texnologiyalari tatbiq qilinadi.
Eco World Styria klasteri – AQShning Kaliforniya shtatidagi Kremniy vodiysiga o‘xshash "Yashil texnologiyalar vodiysi" bo‘lib, bu yerda ekologik va energetik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi ko‘p miqdorda innovatsion kompaniyalar joylashgan. Bugungi kunda klaster korxonalarining umumiy oboroti yiliga 8,5 mlrd yevroni tashkil qiladi.