Ozarbayjon prezidenti o‘zining kornstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, mamlakat parlamentiga "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlarni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Prezidentning iqtisodiy islohotlar bo‘yicha yordamchisining ma'lum qilishicha, tadbirkorlarning ko‘plab murojaatiga javoban shunday qilindi.
Qonun 19 yanvarda parlament tomonidan qabul qilingan va 1 fevraldan kuchga kirishi kerak edi.
Ozarbayjon hukumati 50 ming dollardan ortiq miqdordagi xorijiy pul o‘tkazmalariga 20 foiz miqdorida majburiy boj kiritmoqchi bo‘lgan.
Bu qonun milliy valyuta – manatning keskin qadrsizlanishi va 2015 yil dekabrda manatning erkin kursiga o‘tish bilan bog‘liq mamlakatda boshlangan sarosimani to‘xtatish chorasi sifatida qabul qilingandi.