Olimlar qanday sharoitda Yer yuzidan okeanlar yo‘q bo‘lib ketishini aniqladilar

Jahon 18:09 / 11.02.2016 11118

Maks Plank jamiyati metereologiya instituti olimlarining aniqlashicha, atmosferada karbonat angidrid darajasin ko‘paygan taqdirda Yerdagi okeanlar g‘oyib bo‘lishi mumkin ekan. Bu haqda Rambler News Service agentligi Nature Communications jurnaliga tayangan holda xabar bermoqda.

Tadqiqot doirasida olimlar Yer sayyorasining iqlimiy modelini yaratib, aytilgan gaz ajralib chiqishi ko‘paygan taqdirda sayyora qiziy boshlashini, bu esa sekin-asta suvning yo‘q bo‘lishiga, bulutlarning ko‘payishi va shamol tartibining o‘zgarishiga olib kelishini ko‘rsatib berishdi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida bulutlardagi suv molekulalari vodorod va kislorodga ajralib, vodorodning katta qismi fazoga chiqib ketadi, deyiladi maqolada.

Ko‘proq yangiliklar: