AQSh prezidenti Barak Obama selfi tushishni yoqtirmasligini tan oldi. Uning fikricha, bu insonlarning oddiy kommunikatsiyalari, jumladan, qo‘l berib salomlashishning o‘rnini egallamasligi lozim. O‘z fikrlarini davlat rahbari 10 fevral kuni Illinoys shtatidagi Springfilddagi “Xuglend” san'at markazidagi o‘z tarafdorlari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi BuzzFeed portali.
“Men birinchi saylovoldi poygasini boshlaganimda smartfonlar bo‘lganda edi, shunda ham prezidentlikka da'vo qilgan bo‘lardim, deb o‘ylamayman, - dedi Obama. – Negaki hozir odamlarda telefonlar bor va ular bir-birining qo‘lini siqib qo‘yishi shartmas”.
So‘ng u pantomima usuli bilan selfi tushish jarayonini ko‘rsatdi-da, xayoliy suhbatdoshiga: “Ey, umuman olganda, men bu yerda, qarshingdaman”, dedi.
“Shu bois bugun selfi qilmaymiz, lekin qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘l siqishamiz”, - xulosa qildi prezident, to‘planganlarga murojaat qilarkan.